Barcha yangiliklarIlmiy hayot

"Umummilliy taraqqiyotning ijtimoiy-ma'naviy masalalari" konferensiyasi materiallari nashr etildi

3-iyun, 2026 1 108 ko'rildi
"Umummilliy taraqqiyotning ijtimoiy-ma'naviy masalalari" konferensiyasi materiallari nashr etildi

"O'zbekiston — 2030" strategiyasi, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar hamda jamiyatning ma'naviy yuksalishini ta'minlashga qaratilgan ustuvor vazifalar ijrosini ilmiy jihatdan tahlil qilish maqsadida Institut tomonidan 2026-yil 3-iyun kuni "Umummilliy taraqqiyotning ijtimoiy-ma'naviy masalalari" mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o'tkazildi.

Konferensiya besh sho'ba bo'yicha ish olib bordi: jamiyat ma'naviy taraqqiyotini tadqiq etishning ilmiy-nazariy va texnologik muammolari, ijtimoiy-ma'naviy muhit transformatsiyasi, ijtimoiy-ma'naviy jarayonlarni tahlil qilish mexanizmlari, umummilliy taraqqiyotning g'oyaviy-mafkuraviy targ'iboti, hamda yangi O'zbekistonda ma'naviy tarbiya va kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirish masalalari. Konferensiya materiallari elektron va bosma shaklda chop etildi.

Ulashish: